Xotin-qizlar uchun ta’lim dasturida qatnashishga shoshiling!

  • Asosiy
  • Xotin-qizlar uchun ta’lim dasturida qatnashishga shoshiling!

#digital
#mitc
#xotinqizlar
#imkoniyat

👩‍🎓 Xotin-qizlar uchun ta’lim dasturida qatnashishga shoshiling!

So‘nggi yillarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda. Buning uchun davlatimiz tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan turli tashkilotlar hamkorligida bir qancha loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu kabi loyihalardan biri bu – “Wspark Women in Tech”. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoda AKT sohasida yosh ayol IT-mutaxassislar uchun ta’lim dasturi hisoblanadi. Barcha IT sohasiga qiziquvchi xotin-qizlar “Wspark Women in Tech” tanlovida ishtirok etishlari uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Arizalarni qabul qilish 15-maygacha davom etadi.

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://bit.ly/WsparkWomeninTech