O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida “Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari” tanloviga start berildi!
Tanlov xotin-qizlarning innovatsion g‘oya va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
TOP-100 loyiha mualliflari sertifikat va mukofot puli bilan taqdirlanadi.
Loyihalar “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida namoyish etiladi.
Loyihalarni Innomarket.uz platformasi orqali 30-sentabr, soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Innomarket.uz platformasi orqali loyiha topshirish bo‘yicha yo‘riqnoma