“Xotin – qizlarga nisbatdan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish” kuni munosabati bilan Muxammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Xotin-qizlar –e’tibor va ehtiromga doimo loyiq!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin - qizlar va gender masalalari qo‘mitasi raisi - Malika Akbarovna Kadirxanova, O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi xuzuridagi "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Oynisa Musurmanovna Musurmanova, Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vaziri maslahatchisi, pedadogika fanlari doktori, professor Odina Rasulovna Jamoldinova va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi XPBB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i - Umida Xazratovna Abdullayevalar ishtirok etdilar.
Shu o‘rinda “Xotin – qizlarga nisbatdan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan videorolik tanlovi natijalari bo‘yicha universitetimizning iqtidorli talabalari ham taqdirlandilar.