Xorijiy tillarni bepul o‘rganish imkoniyati!

  • Asosiy
  • Xorijiy tillarni bepul o‘rganish imkoniyati!

🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari, magistrantlari va doktorantlari diqqatiga!

☑️ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda raqamli inklyuzivlik” loyihasi doirasida IT Park tomonidan xorijiy tillarni o‘qitish dasturi yo‘lga qo‘yildi.

🌟 Dastur orqali quyidagi tillarni bepul o‘rganish imkoniyati mavjud:
🇰🇷 Koreys tili;
🇯🇵 Yapon tili
;
🇩🇪 Nemis tili
.

📌 Dastur imkoniyatlari:
🔴 Xalqaro standartlar asosida ta’lim;
🔴 TOPIK, JLPT, Goethe-Zertifikat va TestDaF imtihonlariga tayyorgarlik;
🔴 Onlayn LMS platformasi orqali o‘qish;
🔴 CV va LinkedIn profilini shakllantirish bo‘yicha ko‘mak;
🔴 Soft skills va ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish.


👥 Ishtirokchilar:
🔴 18–30 yoshdagi yoshlar;
🔴 Talabalar, magistrantlar va doktorantlar;
🔴 Kamida 50% ishtirokchilar — xotin-qizlar.


📅 Dastur davomiyligi: 24 oy

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish