
3-fevraldan 20-fevralgacha Doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, stajor-tadqiqotchilarga mo‘ljallangan “Xorijiy nashriyotlar va agregatlar ma’lumotlar bazalari bilan ishlash asoslari” o‘quv kurslari boshlandi.
“E-LINE PRESS” tahliliy va ilmiy axborot xizmatlari markazining yetakchi mutaxassislari tomonidan olib boriladigan o‘quv kurslari ilmiy izlanuvchilarning EBSCO Information Services Inc., IEEE, Clarivate (PROQUEST bo‘limi) kabi jahon axborot resurslari ma’lumotlar bazalari bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirishga mo‘ljallangan.
📝 Ushbu kurslar doktorantlar, talabalar va ilmiy darajaga talabgorlar, ilmiy xodimlarning nashriyot faolligini, ilmiy maqolalari va dissertatsiyalari sifatini oshirish, shuningdek yetakchi ilmiy tashkilotlar, xorijiy nashriyot va agregatorlar ma’lumot bazalarida ilmiy ma’lumotlarni izlash ko‘nikmalarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishni o‘rganish uchun mo‘ljallangan.