Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Xitoyda bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition xalqaro tanlovida faxrli 3-o‘rinni egallab 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari Xitoyda bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition xalqaro tanlovida faxrli 3-o‘rinni egallab 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik talabalar Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan Huawei ICT Competition global finalining innovatsion trekida ishtirok etishdi. Unda 48 mamlakat va mintaqadan 179 jamoa ishtirok etdi.

 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalardan 2000 dan ortiq kollej va universitetlardan jami 210 000 dan ortiq talaba va o‘qituvchilar milliy va mintaqaviy darajalarda bosqichma-bosqich o‘tkazilgan to‘qqizinchi Huawei ICTcompetition 2024-2025 musobaqalariga qo‘shilishdi.

TATU talabalari final bosqichida o‘zlarining "Sahiya" nomli loyihalaridagi  yangi innovatsion yechimlarni taqdim etib faxrli 3-o‘rinni egallashdi hamda 4 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

 Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz! Yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishlarini tilab qolamiz!