Xitoy poytaxti Pekin shahridagi Shimoliy Xitoy Texnologiyalar Universitetida tajriba almashinuvi hamda malaka oshirish dasturida ishtirok etayotgan professor-o‘qituvchilarimiz o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladilar va taqdim etdilar.
✅Tajriba almashinuvi dasturi davomida professor-o‘qituvchilarimiz birga faoliyat olib borgan Shimoliy Xitoy Texnologiyalar Universiteti professorlari bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun umumiy tadqiqot yo‘nalishlari belgilandi, ushbu yo‘nalishlarda ilmiy maqolalar tayyorlanib, nashrga topshirildi. Shuningdek, kelgusida tanlangan tadqiqot asosida qo‘shma loyiha ishlab chiqish rejalari ham belgilab olindi.
👩💻Dastur yakunida ikki oy mobaynida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot, ma’naviy va o‘quv faoliyatlari bo‘yicha sarhisob yig‘ilishi va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU nomidan PhD, dotsent Charos Xidirova ma’ruza qildi.
🆔Tajriba almashinuvi dasturi yakunida malaka oshirgan professor-o‘qituvchilar diplom va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
🎉Mazkur dastur yopilish marosimida yana bir quvonarli voqea shuki, universitetimiz dotsentlari Xidirova Charos hamda Qodirov Azamat “Eng muvaffaqiyatli tadqiqotchi” nominatsiyasi bo‘yicha ham taqdirlandilar.



