O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi aʼzosi Jabborov Umid Raxmonovich Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialiga tashrif buyurib, talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Deputat talabalar bilan uchrshuvda yoshlarni ish bilan ta’minlash va zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratdi.
📜 Tashrif davomida U.Jabborov filialda amalga oshirilayotgan ishlar, hususan yangi qurilayotgan talabalar turar joyi qurilishi, "Student ofis" loyihasi hamda talabalar tomonidan yaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
🇺🇿 Farg‘ona shahar MFYdagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilarini axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligi bo‘yicha savodxonligini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv kurslari tashkil etish yuzasidan Farg‘ona shahar hokimligi bilan kelishib olindi.