12 fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Yevropa ittifoqining ERASMUS+ dasturi “Intras-intelektual transport tizimlari: AKTga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi” loyihasining asosida seminari boshlandi.
Ushbu loyiha ERASMUS+ dasturining 586292-EPP-1-2017-1-PL-EPPKA2-CBHE-JP “Intelligent Transport Systems: New ICT based Master’s Curricula in Uzbekistan” (“Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi Magistratura dasturi”) loyihasining boshlang‘ich seminaridir. Seminar doirasida loyiha qatnashchilari haqida ma’lumotlar almashinadi, chet el universitetlari tajribalari o‘rganilib, bu sohada O‘zbekistondagi holat yuzasidan dastur koordinatorlari va dasturning bajaruvchi oliy ta’lim muassasalari ma’lumot beradilar. Loyihaning maqsadiga erishish uchun vazifalar belgilab olinadi, ularning bajarish muddatlari, qo‘yiladigan talablar yuzasidan guruhlarga bo‘lingan holda muzokoralar o‘tkaziladi. Asosiy maqsad esa: ITT yangi avlod muhandislarini tayyorlash uchun infratuzilma va tizim yaratishdan iborat bo‘lib, bu yangi avlod muhandislari O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlari, sanoat va xususiy iste’molning mahalliy va mintaqaviy transport muammolarini yechishga qodir bo‘lishadi.
Loyiha Polsha, Avstriya, Slovakiyaning ko‘zga ko‘ringan oliy ta’lim muassasalari bilan halqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan bo‘lib, O‘zbekistondan 6 oliy o‘quv yurtlari va 4 ta noakademik korxonalar ishtirok etmoqda (Loyixa koordinatori: Gdansk texnologiya universiteti (Maciej Sawicki).
Loyihaning asosiy vazifalari:
- Intellektual transport tizimi (ITT) bo‘yicha yangi magistratura dasturini ishlab chiqish.
- O‘zbekistonning universitetlarining ITT bo‘yicha potensialini oshirish.
- O‘zbekistonning 6 ta universiteti AKT bazasida ITT laboratoriyalarini yaratish.
- Universitetlar va jamoat tashkilotlari /muassasalari/ korxonalari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish.
Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar:
- O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari uchun ITT sohasida yangi magistratura dasturini yaratish;
- O‘zbekiston universitetlari uchun Yevropa Ittifoqi standartlariga javob beradigan 12 ta kursdan iborat fanlar o‘quv majmuasini ishlab chiqish;
- ITT sohasida tajribalar o‘tkazish uchun zarur zamonaviy vositalar bilan jihozlangan 6 ta o‘quv-tajriba laboratoriyalarini ochish.
Seminarda Gdansk Texnologiyalar universitetidan - Maciej Sawicki (loyiha menejeri), Kustra Wojciech Wirold, Sawicki Naciej Szymon, Tomasz Mackun, Alpen–Adria Klagenfurt universitetidan - Kyamakya Kyandoghere, Wojciech Kustra, SlovakiyaningZilina universitetidan Miroslava Mikusova hamda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan 40 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqdalar. Seminar o‘z ishini yana 2 kun davom ettiradi.