Xalqaro yutuqlar sari ilk qadamni TATU bilan qo‘ying!
🚀 HUAWEI ICT COMPETITION ROADSHOW — 2026
TATU talabalari Huawei ICT Competition 2026–2027 xalqaro musobaqasi imkoniyatlari, ishtirok etish shartlari va Huawei ICT Academy faoliyati bilan yaqindan tanishishlari mumkin.
🇺🇿 TATU faxri! Universitetimiz talabasi O‘zbekistonda HCIP xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritgan ilk talaba sifatida e’tirof etilmoqda. Tadbir doirasida HCIP sertifikatlarini tantanali topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.
🗒 Tadbir dasturida:
🟢 Huawei vakillarining taqdimotlari;
🟢 Xalqaro musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilari bilan uchrashuv;
🟢 Viktorina, sovg‘alar va yangi tanishuvlar;
🟢 Huawei ICT Competition musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish.
🗓 Sana: 19-oktabr, 2026-yil
⏲ Vaqt: 10:00–12:05
📍 Manzil: TATU, A binosi, 2-qavat, Anjumanlar zali
🆔 Ro‘yxatdan o‘tish: 11:30–12:00
🔥 Bugun tajriba orttiring, ertaga xalqaro maydonda universitetimiz sharafini himoya qiling!
📣 Barcha qiziquvchi talabalarni tadbirga taklif etamiz!