Belorus poytaxti Minsk shahri, Belorus davlat texnologiyalari universitetida “Uchuvchisiz uchish apparatlari bo’yicha xalqaro yoshlar forumi-2024” tashkil qilindi.

  • Asosiy
  • Belorus poytaxti Minsk shahri, Belorus davlat texnologiyalari universitetida “Uchuvchisiz uchish apparatlari bo’yicha xalqaro yoshlar forumi-2024” tashkil qilindi.

Joriy yilning 22-26-aprel kunlari, Belorus poytaxti Minsk shahri, Belorus davlat texnologiyalari universitetida “Uchuvchisiz uchish apparatlari bo‘yicha xalqaro yoshlar forumi-2024” tashkil qilindi.

Dasturda Belorus, Rossiya va bir qator davlatlardan tashrif buyurgan ilmiy muassasalar, soha korxonalari va tashkilotlar qatorida TATU professor-o‘qituvchilari va doktorantlari K.Shukurov, Sh.Begmatov, Z.Qodirov, B.To‘rayevlar qatnashishdi.

Forumning ochilish marosimida Sun’iy intellekt kafedrasi dotsenti K.Shukurov nutq so‘zladi. Shundan so‘ng uchuvchisiz uchish apparatlarini iqtisodiyotning turli sohalarida amaliy qo‘llash yuzasidan yig‘ilish tashkil qilindi. Yig‘ilish doirasida, Teleradioeshittirish tizimlari kafedrasi doktoranti Sh. Begmatov, Informatika asoslari kafedrasi assistenti Z. Qodirovlar o‘z ilmiy-ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.