Uchrashuvda TATU talabasi Ro‘zmetova Komolaxon faol ishtirok etib, IT sohasini va startup ekosistemasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining takliflarini bildirdi. Mazkur takliflar Saida Shavkatovna tomonidan e’tiborga olinib, mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.
“Yoshlarni tinglash nihoyatda muhim, chunki umumiy kelajagimizni aynan ular barpo etadilar”, deb yozadi S.Mirziyoyeva.