2025-yil 4–11-dekabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Chet tillar kafedrasi assistenti Nozima Nishanova Germaniyaning Technische Hochschule Würzburg-Schweinfurt (THWS) universitetida xizmat safari va tajriba almashinuv dasturida ishtirok etdi.
🤝 Mazkur tashrif TATU va THWS o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirildi.
💬 Safar davomida:
• THWSning til o‘qitish va malaka oshirish kampusi faoliyati bilan tanishildi;
• TATU qoshida faoliyat boshlagan “WortOrt–TUIT” nemis tili markazi taqdim etildi;
• Nemis tili darslarini tashkil etish, zamonaviy metodika va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha amaliy tajriba orttirildi;
• Media markaz faoliyati bilan tanishilib, masofaviy ta’lim uchun raqamli kontent yaratish bo‘yicha tavsiyalar olindi.
👨🏫 Tashrif doirasida THWSning Informatika va iqtisodiy informatika fakulteti professori Peter Braun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣Uchrashuvda 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab:
• talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi
• nemis va ingliz tillari markazlari o‘rtasida tajriba almashish
• THWSdagi Xalqaro haftalik tadbirlariga TATU vakillarini jalb etish
kabi muhim rejalar belgilab olindi.
🎓 THWS — Germaniyaning yetakchi amaliy fanlar universitetlaridan biri bo‘lib, informatika, muhandislik, iqtisodiyot va til ta’limi yo‘nalishlarida innovatsion yondashuvlari bilan tanilgan.
❔ Xalqaro ta’lim imkoniyatlariga qiziqasizmi?
Unda “WortOrt–TUIT” nemis tili markazida nemis tilini o‘rganing, B2 darajaga erishing va Germaniyada ta’lim hamda tajriba almashinuvi dasturlarida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
✅ Bugun nemis tilini o‘rganish — ertangi xalqaro muvaffaqiyat sari muhim qadam!

