Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari, yosh o‘qituvchilari va tadqiqotchilari YUNESKO hamda Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati tomonidan e’lon qilingan 2026/2027-o‘quv yili uchun “Buyuk Devor” (Great Wall) stipendiya dasturida ishtirok etishga taklif etiladi.
📌 Dastur doirasidagi yo‘nalishlar:
• Tadqiqotchi (45 yoshgacha) - 1 yillik malaka oshirish;
• Yetakchi tadqiqotchi (50 yoshgacha) - 1 yillik malaka oshirish;
• Magistratura (35 yoshgacha) - 1 yillik o‘quv kursi;
• Doktorantura (40 yoshgacha) - 1 yillik o‘quv kursi.
💰 Moliyaviy ta’minot:
• Xalqaro aviachipta xarajatlari;
• Xitoyda o‘qish bilan bog‘liq barcha asosiy xarajatlar YUNESKO va XXR Hukumati tomonidan to‘liq qoplanadi.
👀 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
• Magistr darajasiga ega bo‘lish (ayrim yo‘nalishlar uchun bakalavr darajasi ham qabul qilinadi);
• Ingliz tilini yuqori darajada bilish;
• Kelgusida oliy ta’lim muassasasi bilan faoliyatini bog‘lash istagi.
📄 Talab etiladigan hujjatlar (2 nusxada):
• Diplom va ilovasi (notarial tasdiqlangan, ingliz tiliga tarjima qilingan);
• Xitoy OTMdan taklifnoma (mavjud bo‘lsa);
• 2 nafar professor (olim) tavsiyanomasi (ingliz tilida);
• Ilmiy tadqiqot loyihasi;
• Ingliz tili sertifikati;
• Tibbiy ma’lumotnoma (belgilangan shaklda).
🗓Hujjatlarni topshirish muddati:
2026-yil 28-yanvargacha
📍Murojaat uchun:
TATU Xalqaro hamkorlik bo‘limi
➡️Xalqaro ta’lim va ilmiy faoliyat sari muhim qadamni boy bermang!