Joriy yilning 3-7 iyul kunlari Toshkent shahrida “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
📄 Uchrashuvning “Oliy ta’lim va innovatsion tarraqiyot” mavzusidagi panel sessiyasiga Jahon bankining eksperti (Fransiya) Jan Jak Roes, SwissNewater kompaniyasi raisi (Shvetsariya) Klod Begle, Red Sea Farms (RSF) MChJning Intellektual mulk bo‘yicha huquqiy maslahatchisi va loyiha menejeri, (Saudiya Arabistoni) Abay Jangabilov va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov ekspert sifatida taklif etildilar.
📊 Mazkur xalqaro haftalikning bosh maqsadi – xorijiy va milliy ekspertlar, tahlilchilar o‘rtasida Yangi O‘zbekistondagi demokratik islohotlar, ularning mohiyati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi dolzarb vazifalar, mamlakatda vujudga kelayotgan mutlaqo yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy makon va muhit, davlat tashqi va ichki siyosatining ustuvor vazifalari to‘g‘risida fikr almashishdan iborat.