Xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston milliy jamoasi — muvaffaqiyat bilan ishtirok etmoqda!

  • Asosiy
  • Xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston milliy jamoasi — muvaffaqiyat bilan ishtirok etmoqda!

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli xalqaro robototexnika musobaqasida O‘zbekiston milliy jamoasi ilk kunlardanoq ajoyib natijalarni qayd etdi!

Musobaqaning ikkinchi kuni ham jamoamiz uchun samarali boshlandi — yosh robototexniklarimiz hakamlar hay’ati qarshisida o‘z loyihalarini muvaffaqiyatli tarzda taqdim etishdi.

O‘zbekiston robototexnika milliy jamoasi ushbu xalqaro musobaqada ishtirok etib, zamonaviy muhandislik, texnik va jamoaviy ish ko‘nikmalarini namoyish qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy robototexnika jamoasi sardori — TATU talabasi Teshabayev Maxkambek!


Yosh muhandislarimizga ushbu nufuzli musobaqada ulkan zafarlar tilaymiz!