🎮 Xalqaro O'yin va Animatsiya Festivali

  • Asosiy
  • 🎮 Xalqaro O'yin va Animatsiya Festivali

📌Sizni O‘zbekistonda birinchi Xalqaro O‘yin va Animatsiya festivaliga (https://t.me/GAMEFESTUZ/20) taklif qilamiz. Ushbu festival butun dunyodan o‘yin ixlosmandlari, Animatsiya va IT mutaxassislari hamda kiber sportchilarni bir joyga to‘playdi. Tadbir dasturiga esa quyidagilar kiradi:

✅ O‘yinlar va animatsiyalar ko‘rgazmasi: (https://t.me/GAMEFESTUZ/15)
O‘yinlar va animatsion kompaniyalar tomonidan eng so‘nggi ishlanmalar taqdimotida qatnashing, virtual va kengaytirilgan haqiqat olamlarini o‘rganing va yetakchi dasturchilar bilan tanishing.

✅ O‘yin va Animatsiya Forumi: (https://www.gamefest.uz/)
O‘yin va animatsiya industriyasining kelajagi va uning jahon iqtisodiyotiga ta’siri haqida ekspertlar bilan dinamik munozaralar olib borish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. So‘nggi tendensiyalar, ishlab chiquvchilar va investorlar uchun imkoniyatlar haqida jonli muhokamalarda qatnashib, bilimlaringizni orttiring.

✅ Musiqiy Festival: (https://t.me/GAMEFESTUZ/23)
Top DJ va musiqachilar tomonidan o‘tkaziladigan ajoyib shouda ritm va festival muhitini his qiling. Butun kecha davomida vaqtingizni zavqli tarzda o‘tkazing va ajoyib tomoshadan bahramand bo‘ling.

✅ Kospley-Shou: (https://t.me/GAMEFESTUZ/13)
Sevimli qahramonlaringizning obraziga kirib sovrinlar yutib olishni istaysizmi? Unda, albatta, kospley-shouda qatnashing!

✅ Kibersport Turniri: (https://t.me/GAMEFESTUZ/18)
Chaqiruvga tayyormisiz? PUBG, FIFA 24, CS2 va boshqa mashhur o‘yinlarda o‘z kuchingizni sinab ko‘ring. Eng zo‘rlar bilan kurashing, o‘z mahoratingizni ko‘rsating va chempion bo‘ling!

✅ Vizual san’at Ko‘rgazmasi: (https://t.me/GAMEFESTUZ/20) An’anaviydan Raqamligacha:
Klassik asarlardan zamonaviy raqamli asarlargacha bo‘lgan san’at olamiga sho‘ng‘ing. Iqtidorli rassomlarning ishlaridan ilhomlaning va ijodkorlikning yangi ufqlarini kashf eting.

📅 Sana: 2024-yil 3-4-Iyun
📌 Manzil: IT Park majmuasi
🔗Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: (https://www.gamefest.uz/)

❗️Eslatib o‘tamiz tadbirda ishtirok etish bepul, lekin oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Game Festda ko‘rishguncha!