Xalqaro olimpiadada yuksak natijalar!

  • Asosiy
  • Xalqaro olimpiadada yuksak natijalar!

 

Xalqaro olimpiadada yuksak natijalar!

🌐 “Talabalarning ta’lim, taraqqiyot va madaniyatlararo muloqot platformasi” mavzusidagi Xalqaro talabalar forumi doirasida 2026-yil 14–15-aprel kunlari Samarqand viloyatidagi ZARMED universitetida o‘tkazilgan “IT Dasturlash” va “Matematika” yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalarda TATU talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.

🧑‍💻 Dasturlash yo‘nalishi:
1-o‘rin — Saparbayev Sarvarbek;
2-o‘rin — Ma’rufjonov Azizbek.

➕ Matematika yo‘nalishi:
2-o‘rin — Sharipov Isobek.

❗️ Ushbu yutuqlar talabalarimizning chuqur bilimga egaligi, mustaqil fikrlashi hamda yuqori raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.

👏 G‘olib talabalarimizni samimiy tabriklaymiz va ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!