Joriy yilning 30-sentyabridan 4-oktyabrigacha “Moliyaviy xavfsizlik” bo‘yicha IV-xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning final bosqichi Rossiya federatsiyasining Sochi shahrida tashkil etildi.
✅Ushbu olimpiadada O‘zbekiston OTMlaridan jami 10 nafar talabalar olimpiadaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etib, mamlakatimiz sharafini himoya qilishdi.
Kiberxavfsizlik fakulteti 4-bosqich talabasi Tagaev Abzaljon xalqaro olimpiadaning “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha topshiriqlarni bajarib, 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.
🎉 Bu yilgi olimpiadada dunyoning 36 ta davlatdan jami 500 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Talabamizni tabriklaymiz. Bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lsin !