Joriy yilning 16–17-dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida sport dasturlash bo‘yicha nufuzli ICPC Northern Eurasia Finals 2025 (ICPC yarim final bosqichi) musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalaridan 20 ta jamoa ishtirok etdi.
🏅 Musobaqa yakunlariga ko‘ra, TATUning “TUIT: Don’t Panic, Sirojiddin!” jamoasi (Miroqilov Davlatbek, Ma’rufjonov Azizbek, Rahmatillayev Shohruh) 1-darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, universitetimiz sharafini munosib himoya qilgan “TUIT: Tomorrow’s Problem” jamoasi (Avezmurodov, Tursunov, Uteshova) 2-darajali diplomni qo‘lga kiritdi.
TATU terma jamoalariga S.Hojiyev, Z.Qodirov va S.Abdukarimovlar murabbiylik qilib kelmoqda.
Ushbu natijalar — mamlakatimizda ilm-fan va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan izchil siyosat, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan zamonaviy ta’lim muhitining amaliy samarasidir. Bugungi kunda oliy ta’limda olib borilayotgan tizimli islohotlar, xalqaro maydonga yo‘naltirilgan tayyorgarlik va raqobatbardosh kadrlar yetishtirishga bo‘lgan e’tibor ana shunday yutuqlar bilan o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Yurtimiz nomini nufuzli musobaqalarda munosib himoya qilayotgan, bilim va qat’iyatni birlashtira olgan TATU talabalariga kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz. Bunday zafarlar yoshlarimiz uchun katta motivatsiya, mamlakatimiz uchun esa ishonchli kelajak poydevoridir!

