O‘zbekiston ixtirochi ayollari Koreyada utkazilgan  xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etib, oltin medallar bilan qaytishdi

  • Asosiy
  • O‘zbekiston ixtirochi ayollari Koreyada utkazilgan  xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etib, oltin medallar bilan qaytishdi

O‘zbekiston ixtirochi ayollari Koreyada utkazilgan  xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etib, oltin medallar bilan qaytishdi

↖️Koreya Ixtirochi ayollari Assosiasiyasi (KWIA), Koreya Intellektual Mulk Offici (KIPO) va Xalqaro Intellektual Mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan utkazilgaan   Koreya Xalqaro Ixtirochi Ayollar Ko‘rgazmasi - " KIWIE 2023" bo‘lib o‘tdi.

↖️KIWIE 2023 ko‘rgazmasida 40 dan ziyod mamlakatlarning 400 dan ortiq olima, ixtirochi va tadbirkor  xotin-qizlar texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan ishtirok etishdi. Ushbu ko‘rgazmada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o'qituvchisi Beknazarova Saida Safibullayevna o'z ishlanmalari bilan ishtirok etib, bronza medalni qo'lga kiritdi.

Ushbu ko‘rgazma ixtirochi ayollarning fan va texnologiya sohasida erishayotgan yutuqlari, tajribalari va yaratgan yangi texnologiyalarini o‘rganish hamda rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilib kelinmoqda.

↖️Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tavsiyasiga asosan mamlakatimiz olima  ayollari o‘z ixtirolari bilan joriy yilning iyul oyida Koreyada utkazilgan xalqaro ko‘rgazma, tanlov va forumda ishtirok etishdi.

↖️"KIWIE 2023" da ishtirok etgan O‘zbekiston olima ayollari  delegasiyasi a’zolari ilm-fanda erishgan natijalari va innovatsion  mahsulotlarini namoyish qilishdi va ularning ishtiroki kurgazmada qatashayotgan turli davlat vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi va xalqaro ekspertlar  tomonidan ham e’tirof etildi.

↖️KIWIE-2023 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etgan O‘zbekiston olima ayollari 4 ta oltin, 5  ta kumush, 1 ta bronza medal   va   tibbiyot, texnika, qishloq xo‘jaligi  yunalishlari buyicha   5ta maxsus mukofotni qo‘lga kiritishdi.

↖️O‘zbekistondan borgan ayollardan iborat delegatsiya  Koreyalik tadbirkorlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lishdi. Koreya Ixtirochi ayollar asotsiatsiyasi tomonidan  utkazilgan  seminar va davra suhbatlarida  ishtirok etishdi.