IT-ta’limni rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, xalqaro sertifikat olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan.
💻Axborot-kompyuter texnologiyalari va dasturlash kafedrasi Assistenti va Mustaqil izlanuvchisi ( PhD ) Yaxshiboyev Rustam Erkinboy o‘g‘li “Google Data Analytics Professional" va "IBM Data Science Professional" IT-kurslarini muvaffaqiyatli tugatib tegishli xalqaro IT- sertifikatga ega bo‘ldi va ushbu imkoniyatni qo‘lga kiritdi.
⭐️Yaxshiboyev Rustam Erkinboy o‘g‘lini ushbu natija bilan tabriklagan holda bundanda yuqori marralarga erishishlarini tilaymiz.