🏛Bugun, 28-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univeriteti (TATU) va Xalqaro Elektronika va Elektrotexnika muxandislar instituti (IEEE) hamkorligida “International Conference on Information Science and Communications Technologies ICISCT 2022, Applications, Trends and Opportunities” nomli xalqaro ilmiy-texnik konferensiyaning birinchi kuni bo'lib o'tdi
🏛Ushbu anjuman Elektrotexnika va elektronika muxandislari instituti (Institute of Electrical and Electronics Engineers IEEE, www.ieee.org)ning texnik ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, universitetimizning qator professor-o‘qituvchilariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ushbu yetakchi tashkilot faoliyatiga mos turli ilmiy texnikaviy va kasbiy yo‘naltirilgan munozara va muhokamalar imkonini yaratadi.
✅Xorijiy mutaxassislar ishtirokida turli texnologik yangiliklarni muhokama etib, milliy AKT rivojiga ilmiy-texnikaviy asoslarni shakllantirishga mo‘ljallangan IEEE tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyalar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Konferensiya doirasida an'anaviy tarzda konferensiya materiallari elektron resurs sifatida chop etilib, Engineering Index (EI) va EI Compendex IEEE XploreTM tarkibida ISBN raqamlari bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda SCOPUS bazasida indekslanadi.
📌Ma'lumot o'rnida “International Conference on Information Science and Communications Technologies” (ICISCT 2022) xalqaro konferensiya 28-30-sentabr kunlari bo'lib o'tadi.