
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-76-son qarori ijrosi doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirishda faol ishtirok etmoqda.
🤔 Shu munosabat bilan TATU delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Krasnoyarsk shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
🍔 Xizmat safari doirasida:
✍️ Xalqaro moliyaviy xavfsizlik olimpiadasi final bosqichi;
✍️ “Raqamli transformatsiya sharoitida moliyaviy xavfsizlik” malaka oshirish kurslari;
✍️ Xalqaro tarmoq instituti 23-kengash yig‘ilishi;
✍️ Hamkor oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
⭐ Ushbu tadbirlar doirasida TATU jamoasi talabalarning moliyaviy savodxonlik va axborot xavfsizligi bo‘yicha bilimlarini oshirish, xorijiy tajribani o‘rganish hamda universitet faoliyatini yanada transformatsiya qilishni maqsad qilgan.