Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning “CAL Co, Ltd” prezidenti Maeda Akir hamda “Kompyuterlashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik Markazi” bosh menejeri Kotaro Okada tashrif buyurdi.
✅ Uchrashuv davomida IT mutaxassislariga bo‘lgan talabning butun dunyoda yuqori ekanligi, xususan, 2030-yilga qadar Yaponiyada 800 mingga yaqin IT injinerlar yetishmovchiligi taxmin qilinayotgani, shu maqsadda xorijdan yetakchi IT xodimlarni jalb qilishga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Uchrashuv davomida TATU bitiruvchilarini “CAL Co, Ltd” kompaniyasiga ishga jalb qilish, shu bilan bir qatorda TATUda 9 oylik yapon tili kurslarini tashkil etish muhokama qilindi.
📌 Ma’lumot uchun: Yaponiyaning “CAL Co, Ltd” kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorda faoliyat olib boradi. Shuningdek, IT yo‘nalishida butun Yaponiya bo‘ylab xizmat ko‘rsatib kelishi bilan bir qatorda, dunyoning boshqa yetakchi davlatlariga ham o‘z xizmatlarini taqdim etib keladi. Bugungi kunda kompaniyada 2133 nafar xodim xizmat ko‘rsatmoqda.