Xitoy xalq respublikasining Xi’an shahrida “Yangi texnologik inqilob davrida oliy ta’limdagi ishlanmalar va innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etmoqda.

  • Asosiy
  • Xitoy xalq respublikasining Xi’an shahrida “Yangi texnologik inqilob davrida oliy ta’limdagi ishlanmalar va innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etmoqda.

Joriy yil 7-9 oktabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi dunyoda yetakchi TOP universitetlardan hisoblangan Xi’an Jiaotong universiteti tashabbusi bilan Xitoyda tashkil qilingan, dunyo miqyosdagi ta’lim konsortsiumi bo‘lgan University Alliance of the Silk Road (UASR) tomonidan uning a’zolari uchun Xitoy xalq respublikasining Xi’an shahrida “Yangi texnologik inqilob davrida oliy ta’limdagi ishlanmalar va innovatsiyalar” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro forumda University Alliance of the Silk Road tarkibiga yangi a’zo sifatida yuqori natijalarga erishayotgan nufuzli universitetlarni qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ham alyans a’zoligiga davogar hisoblanadi.

Forum doirasida Xi’an Jiaotong universiteti prezidenti tashabbusi bilan tashrif buyurgan universitetlarning prezidentlari ishtirokida tor doiradagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitetlar o‘rtasidagi yaqin xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Universitetimiz rektori prof.B.Maxkamov dunyoning barcha qit’alaridagi oliygohlardan tashrif buyurgan rahbarlar bilan mazkur uchrashuvda ishtirok etib, oliy ta’lim bo‘yicha yutimizda olib borilayotgan ijobiy islohotlar haqida hamda  TATUning klaster sifatida rivojlanishi bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tdi.