O‘zbekiston terma jamoasi robototexnika bo‘yicha "WorldSkills" Internationalʼda ilk bor ishtirok etadi

  • Asosiy
  • O‘zbekiston terma jamoasi robototexnika bo‘yicha "WorldSkills" Internationalʼda ilk bor ishtirok etadi

#TATU
#Worldskills_Uzbekistan
#Worldskills_Shanxay

O‘zbekiston terma jamoasi robototexnika bo‘yicha "WorldSkills" Internationalʼda ilk bor ishtirok etadi

Joriy yilning 28-29 va 30-mart kunlari Toshkent shahridagi "Ishga marhamat" Monomarkazida o‘tkazilgan "Worldskills Uzbekistan-2022" 3-milliy ishchi kasblari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1-bosqich talabasi Xaydarov Suxrob faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib Shanxayda bo‘lib o‘tadigan xalqaro "Worldskills" musobaqasiga yo‘llanma olganlar qatoridan joy oldi.

Eslatib oʻtamiz, “Worldskills International” – dunyodagi eng yirik musobaqa: musobaqa 85 ta davlatda oʻtkaziladi.