WINTER JOB FAIR-2023 mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • WINTER JOB FAIR-2023 mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, o‘z iqtidori va salohiyatini to‘liq namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatiga qiziqishlarini kuchaytirish va potensial ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish  maqsadida WINTER JOB FAIR-2023 mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. 

Yarmarkada Epam systems, Schneider electrik, ZTE, East games, GK Consulting, O‘zbektelekom, Beeline, Mobi.uz, Tenge bank, O‘zbekkosmos, O‘zbekiston pochtasi, Sharq telecom, Unicon, Intime, EMMM kabi 30 dan ortiq yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda stajirovka dasturlari bilan ishtirok etishdi.

Tadbirga tashrif buyurgan 1000 dan ortiq talabalar o‘zlarini qiziqtirgan kompaniyalar faoliyati va ulardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar hamda 20 dan ortiq talabalar  tadbir davomida kompaniya vakillari bilan suhbatdan o‘tib, ishga qabul qilinishga ham erishdilar.

Yarmarkada faol ishtirok etgan talabalar korxonalar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.