WINTER JOB FAIR-2023 mehnat yarmarkasi

  • Asosiy
  • WINTER JOB FAIR-2023 mehnat yarmarkasi

Joriy yil 19-dekabr kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tgan WINTER JOB FAIR-2023 mehnat yarmarkasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiylari ishtirokida talabalar uchun davra suhbati tashkil qilindi.

Uchrashuvda agentlik direktor o‘rinbosari Ziyayev Zohidjon Muratovich hamda bir qator boshqarma boshliqlari talabalarga soha faoliyati, agentlikda faoliyat olib borish, talabalar uchun amaliyot/stajirovka o'tash yuzasidan muhim va qiziqarli ma’lumotlar bilan bo'lishishdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar estalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.