"Why it is important to learn foreign languages" videoroliklar tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • "Why it is important to learn foreign languages" videoroliklar tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Chet tillar kafedrasining 2021-2022 o‘quv yilida “Yoshlar o‘rtasida xorijiy tillarni ommalashtirishga qaratilgan forum, konferensiya, ko‘ngilochar tadbirlar va seminar treninglar tashkil etish” bo‘yicha ishlab chiqqan yo‘l xaritasiga muvofiq aprel oyida “Why it is important to learn foreign languages” nomli videoroliklar tanlovi e’lon qilingan edi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kichik majlislar zalida Yaxshibayev Doniyor Sultonbayevich, Chet tillari kafedrasi professor o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirokida g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

G‘oliblar:
🏆“THE MOST ACTIVE LIKE COLLECTOR” – KENJABOYEV ASILBEK

🏆“THE MOST CREATIVE PARTICIPANT” - NORMUKHAMMADOVA FERUZA

🏆“THE MOST FLUENT SPEAKER” - NOSIRJONOVA MARJONA

🎁Tanlov g‘oliblariga rahbariyat tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.🥳