Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha “Rektor kubogi–2026” musobaqasining 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha “Rektor kubogi–2026” musobaqasining 3-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

 

 Mazkur musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda jamoaviylik va raqobat muhitini mustahkamlashdan iborat.

 Musobaqaning 3-tur o‘yinlari qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Universitet fakultetlari jamoalari o‘zaro bellashib, sport mahorati, tezkorlik hamda jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

3-tur bellashuvlarida quyidagi natijalar qayt etildi:
TF jamoasi 2-0 TTF jamoasi
DIF jamoasi 2-0 KTF jamoasi
KIF jamoasi 1-2 IMF jamoasi
RMAF jamoasi 2-0 KXF jamoasi

 “Rektor kubogi–2026” doirasidagi uchrashuvlar talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sport orqali do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.