
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha "Rektor kubogi -2025" musobaqasining guruh bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏐 Bugungi musobaqaning ilk kunida barcha fakultetlarning terma jamoalari saralab olindi, asosiy o‘yinlar esa ertaga bo‘lib o‘tadi.
🏆 Musobaqa TATUning birinchi sport zalida bo‘lib o‘tib, unda 700 nafardan ortiq talabalar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishdi. Ushbu musobaqa talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ularni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.