
Universitet talabalari ishtirokida fakultetlar kesimida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha "Rektor kubogi -2025" musobaqasining final bosqichi TATUning birinchi sport zalida bo‘lib o‘tdi.
Natijalarga ko‘ra talaba-qizlar o‘rtasida g‘oliblar:
🥇AKT sohasida Kasb ta’limi fakulteti;
🥈Radio va mobil aloqa fakulteti;
🥉AKT sohasida Iqtisodiyot va menejment fakulteti.
Talaba-yigitlar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘yinning natijalari:
🥇Kiberxavfsizlik fakulteti;
🥈Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti;
🥉Kompyuter injiniringi fakulteti.
⭐️ G‘oliblarimiz sertifikatlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari g‘oliblar yana bir maxsus mukofot - qadimiy Xivaga sayohat yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.