TATUda o‘qituvchilar uchun o‘quv-trening kursi tashkil etildi

  • Asosiy
  • TATUda o‘qituvchilar uchun o‘quv-trening kursi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasida aholi va tadbirkorlik subyektlari xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish hamda ularga davlat elektron xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish orqali aholiga «Elektron hukumat» tizimi, uning mohiyati va vazifalari, aholiga taqdim etilayotgan AKT xizmatlari va resurslari turlari, imkoniyatlari va afzalliklari borasidagi tushunchalarni keng targ‘ib qilish maqsadida, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Respublika hududlarida aholi va tadbirkorlik subyektlari xodimlarini kompyuter savodxonligini oshirish va ularga davlat elektron xizmatlaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish” nomli loyiha ishlab chiqilgan. Loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan qo‘shma qaror imzolangan.
Qo‘shma qarordagi vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida, o‘quv kurslarida dars beradigan o‘qituvchilar uchun 3-6 may kunlari TATU qoshidagi “Elektron hukumat” o‘quv markazi va uning mintaqaviy filiallarida videokonferens aloqa shaklida o‘quv-trening kursi tashkil etilmoqda. O‘quv-trening kursida dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun soha korxonalaridan mutaxassislar hamda universitet professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.
O‘quv-trening kursi dasturiga muvofiq, 3-may kuni kurs mashg‘ulotlari boshlandi. Unda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Davlat organlarida AKTning joriy etilishini tahlil qilish va baholash bo‘limi bosh mutaxassisi R.Dautova, Interaktiv xizmatlarning Yagona portalini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i J.Umarov, UZINFOCOM markazi, “O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi” Axborot joylashtirish sektori boshlig‘i X.Isroilov lar ma’ruza qildilar.
O‘quv-trenerlik kursi video-konferensiya shaklida o‘tkazildi. Kursda universitetning 22 nafar, universitet filiallarining 72 nafar o‘qituvchilari ishtirok etmoqdalar.