Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi doirasida parallel sessiyalar tashkil etildi.

  • Asosiy
  • Oʻzbekiston–Vengriya rektorlar forumi doirasida parallel sessiyalar tashkil etildi.

 

 



Samarqand shahrida oʻtayotgan Oʻzbekiston–Vengriya uchinchi rektorlar forumi doirasida zamonaviy oliy taʼlimni rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan parallel sessiyalar boʻlib o‘tdi.

Birinchi sessiya “Sunʼiy intellekt davrida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash: innovatsion taʼlim modellari va xalqaro tajriba” hamda universitetlar oʻrtasida ilmiy tadqiqotlar, qoʻshma laboratoriyalar va akademik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlanib, mazkur sessiya TATU rektori prof. B.Maxkamov moderatorligida tashkil etildi. Sessiya davomida Vengriya va O‘zbekiston oliy taʼlim tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro tajribani keng qoʻllash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur sessiyalar Oʻzbekiston va Vengriya universitetlari oʻrtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashish uchun muhim maydon boʻldi.