O‘zbekiston – Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi boshlandi

  • Asosiy
  • O‘zbekiston – Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi boshlandi


Samarqand shahrida O‘zbekiston va Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur forum ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan.

Forum doirasida universitetlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda akademik almashinuvni kengaytirishga qaratilgan qator tashabbuslar muhokama qilinmoqda. Shuningdek, forum yakunida 20 dan ortiq universitetlararo hamkorlik kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan.