O‘zR ATvaKR vaziri professor-o‘qituvchilarni kasb bayramlari bilan tabrikladi

  • Asosiy
  • O‘zR ATvaKR vaziri professor-o‘qituvchilarni kasb bayramlari bilan tabrikladi

30 sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan, “Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar!” deb nomlangan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shermatov Sherzod Xotamovich ham ishtirok etib, professor-o‘qituvchilarni kasb bayramlari bilan tabrikladi hamda 4 nafar akademik va 11 nafardan ortiq ko‘p yillardan beri universitetda mehnat qilib kelayotgan faxriy ustozlar hamda samarali faoliyat yuritayotgan yosh olimlarga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi nomidan tashakkurnomalar topshirdi.