Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi gʻolibi boʻling va 22 mln soʻmgacha stipendiyani qoʻlga kiriting!

  • Asosiy
  • Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi gʻolibi boʻling va 22 mln soʻmgacha stipendiyani qoʻlga kiriting!

Vazirlik stipendiyasiga TATU, Inha va Amity, Cyber universiteti talabalari hamda TATU qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari ariza topshirishlari mumkin.

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning 23-avgust (soat 23:59 gacha) sanasiga qadar Vazirlik stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabul qilinadi.

Ariza qoldirish uchun havola.

Eslatib o‘tamiz, belgilangan ko‘rsatkichlardan yuqori ballni qo‘lga kiritib, stipendiya g‘olibi bo‘lgan talabalar 2,2 mln so‘mdan (BHMning 5,0 barobari) 10 oy davomida jami 22 mln so‘m, akademik litsey o‘quvchilari esa 880 ming so‘mdan (BHMning 2,0 barobari) 10 oy davomida jami 8,8 mln so‘m stipendiyaga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, tanlov g‘oliblari moddiy rag‘batlantirish bilan bir qatorda, respublika miqyosidagi nufuzli ta’lim loyihalari va tashabbuslarida faol qatnashishlari uchun vazirlik tomonidan yaqindan qo‘llab-quvvatlanadi.

Imkoniyatni qoʻldan boy bermang, hoziroq ariza qoldiring!