Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining bir guruh iqtidorli talaba-yoshlari Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov tomonidan taqdirlandi
📊2022/2023-o‘quv yilida bir guruh iqtidorli talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi g‘olibi bo‘lishdi. Qarshi shahridagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki binosida iqtidorli talaba-yoshlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, talabalarni taqdirladi.
🎓Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lgan 4-bosqich talabasi Ismatova Mehribon Farxod qizi, Beruniy nomli davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lgan 4-bosqich talabasi Shokirov Shoxrux Xusen o‘g‘li hamda Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi tanlovi g‘olibi bo‘lgan 4-bosqich talabasi Xurramov Shoxboz Xurram o‘g‘liga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
💐Stipendiant talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda ilmiy rahbarlarini samimiy muborakbod etamiz.