Kuni kecha, ya’ni 26-yanvar sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda bir guruh mas’ullar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarida bo‘lib, talabalarning yashash sharoitlari, xonalarning sanitar-gigenik holati, ayni sovuq kunlarda xonalarning issiqlik bilan ta’minlanganlik darajasi, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilganligini ko‘zdan kechirdilar.
Tashrif yakunida talabalar bilan yaqindan suhbat qurilib, ularning qiziqishlari, taklif-mulohazalari o‘rganildi.