VAKANT O‘RINLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TANLOV BOSHLANDI!

  • Asosiy
  • VAKANT O‘RINLAR UCHUN QO‘SHIMCHA TANLOV BOSHLANDI!

2026/2027-o‘quv yili uchun 56,7 ball va undan yuqori natija qayd etgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun vakant o‘rinlarga qo‘shimcha tanlov boshlandi.

80 ta oliy ta’lim muassasasida 31 808 ta vakant o‘rin mavjud.

Tanlovda:
🔺fanlar majmuasi mos;
🔺ta’lim tili mos;
🔺vakant o‘rin mavjud bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishlarini tanlash mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish: 22–28-avgust
Manzil: my.uzbmb.uz

Abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda, bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Tanlov 28-avgust kuni yakunlanadi.

Call-center: +998 71 238-55-55