Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belarus Davlat informatika va radioyelektronika universiteti birgalikda tashkil etgan TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qo‘shma fakultetining ish jarayoni bilan tanishish, kelgusi istiqboldagi rejalar va qo‘shma dasturlar muhokamasi uchun BGUIR rektori Vadim Anatolevich Bogush TATUga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida hamkorlik ko‘lamini yana-da oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirsh, “Tibbiyot elektronikasi va dasturiy taʼminoti” taʼlim yo‘nalishini tashkil etish masalalari ko‘rib o‘tildi.
Bundan tashqari, TATU va BDIRUning ilmiy jurnallari va ilmiy tadqiqot laboratoriyalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarni boshlash kelishib olindi. TATU va uning filiallaridagi TATU-BDIRU Axborot texnologiyalari qo‘shma fakulteti tahsil olayotgan talabalarning Belarus davlatiga borib o‘qishni davom ettirish masalalari va yaratiladigan shart-sharoitlar ko‘rib o‘tildi.
Tashrifning ikkinchi qismida BDIRU rektori V.A.Bogush Axborot texnologiyalari qo‘shma fakultetida o‘qiyotgan talabalar bilan uchrashdi. Unda talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga V.A.Bogush javob berdi hamda BDIRUda o‘qishni davom ettirish va yuqori natijalar bilan bitirish bo‘yicha talabalarga atroflicha maʼlumot va maslahatlar berdi. берди.
TATU matbuot xizmati