💠 UZINFOCOM va Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) talabalar malakasini oshirishga qaratilgan dual ta’lim tizimi doirasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

  • Asosiy
  • 💠 UZINFOCOM va Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) talabalar malakasini oshirishga qaratilgan dual ta’lim tizimi doirasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Memorandum quyidagilarni nazarda tutadi:
🔘 UZINFOCOM kompaniyasida talabalar uchun amaliyot tashkil etish
🔘 O‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun amaliy tajriba berish
🔘 Korxona hududida universitet kafedrasini ochish
🔘 Talabalarga real ish tajribasini berish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish

Uchrashuv doirasida TATU delegatsiyasi UZINFOCOM ofisiga tashrif buyurib, kompaniyaning asosiy loyihalari bilan tanishdi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

💡 Ushbu memorandum strategik hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekiston IT-sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonini jadallashtirish imkonini beradi.