"UZINFOCOM" kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi

  • Asosiy
  • "UZINFOCOM" kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialiga IT Park Fargʻona filialida Davlat axborot tizimlarini yaratish boʻyicha yagona integrator — "UZINFOCOM" kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi

🧑🏻‍💻 Uchrashuvda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali talabalari faol ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Bundan tashqari dasturlashga endi kirib kelgan boshlangʻich dasturchilar ushbu jamoada oʻz bilim hamda koʻnikmalarini orttirib borishlari mumkinligi tushuntirildi.

🎙 Suhbat davomida 100 nafarga yaqin dasturchi yoshlar bilan viloyatda yangi dasturchilar jamoasini shakllantirish, zamonaviy yoʻnalishda yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha savol-javob suhbati boʻlib oʻtdi.