Uzcard AWARD 2025’da TATU e’tirof etildi

  • Asosiy
  • Uzcard AWARD 2025’da TATU e’tirof etildi

Bugun, 19-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi katta teatr (DAKT) binosida Uzcard AWARD 2025 taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda bank-moliya sohasidagi yetakchi tashkilotlar, innovatsion banklar va bank xizmatlari sohasida eng faol ishtirok etayotganlar taqdirlandi.

Mazkur tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti - "Vaqt sinovidan oʻtgan hamkorlik" nominatsiyasida taqdirlandi hamda universitetning raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va moliya ekotizimini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi e’tirof etildi.