“Uzbekistan GTL” korxonasi tomonidan oʻtkazilayotgan VI stipendiyalar dasturida qatnashish istagini bildirgan talabalar soni 1689 nafarni tashkil etdi.

  • Asosiy
  • “Uzbekistan GTL” korxonasi tomonidan oʻtkazilayotgan VI stipendiyalar dasturida qatnashish istagini bildirgan talabalar soni 1689 nafarni tashkil etdi.

Bu yilgi tanlovning birinchi bosqich yakuniga koʻra, VI stipendiyalar dasturida qatnashish istagini bildirib, ariza topshirgan 1689 nafar talabgordan 1059 nafari tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etishi uchun saralab olindi. Shular orasidan 60 tasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari hisoblanadi.

Mazkur stipendiyalar dasturining afzalligi shundaki, gʻoliblarga korxona tomonidan stipendiya va boshqa koʻplab qulay sharoitlar yaratib beriladi hamda korxonada kafolatli ish oʻrni taklif qilinadi.

Talabalar ro‘yxati e’lon qilindi:

Ro‘yxat (https://drive.google.com/file/d/1X28PT7fpaW17kbyAJzG2sHzyv63vTJfB/view?usp=sharing)

Ikkinchi bosqich imtihonlari oʻtkazilish vaqti va joyi:

📍: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
🕘: 26-noyabr 14:00