O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Prezidentning 5ta tashabbusi chora-tadbirlari doirasida “Uyda qoling va ijod qiling” shiori ostida maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari va badiiy taʼlim yo‘nalishida bo‘lmagan oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov eʼlon qiladi.
Onlayn tanlovning maqsadi va vazifalari:
- Yoshlarni tasviriy va amaliy sanʼat olamiga qiziqtirish;
- Ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish;
- Yangi iqtidorlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
- Yoshlarimizni kasbga yo‘naltirish.
Onlayn-tanlov shartlari:
Onlayn-tanlov erkin mavzuda o‘tkaziladi. Yaratilgan ijodiy ishlarda O‘zbekiston madaniyati va sanʼati, urf-odati va qadriyatlari, istiqlol yillarida turli sohalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar va boshqalar aks eshittirilishi maqsadga muvofiq.
Tanlov ishtirokchilarini baholash hamda taqdirlash haqida batafsil quyidagi PDF faylda bilib olishingiz mumkin!
Tanlov PDF yuklab olish