Hurmatli talabalar!

Ma’lumki, 2020 yil butun dunyo qatori bizning yurtimiz uchun ham ulkan sinovli yil bo‘ldi. Dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirus (Covid-19) infeksiyasi insoniyatni qiyin imtihondan o‘tkazmoqda. Shu sababli, sizlardan sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilishingiz, dezinfeksiyalash vositalaridan muntazam foydalanishingiz, universitet hududida tibbiy niqoblarda yurishingiz, o‘quv mashg‘ulotlarda ham tibbiy niqoblarda qatnashishingiz, bir biringiz bilan oraliq masofani saqlagan holda, qo‘l berib ko‘rishmasligingiz so‘raladi! Ushbu qoidalarga amal qilinsagina, butun dunyoga havf solayotgan virusni yengishimiz oson va samarali bo‘ladi! O‘zingizni va atrofdagilarni asrang!