Bugun TATUning “Televizion texnologiyalar” fakultetida ko‘p yillar faoliyat yuritgan ajoyib inson, barcha birdek hurmat qilgan ustoz - fizika-matematik fanlar nomzodi, dotsent Parmankulov Isomiddin Pattaevichning xotiralarini yod etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda ustozimiz Isomiddin Pattaevich hayotlari va ijodlariga bag‘ishlangan hujjatli film namoyishi o‘tkazilib, shogirdlari va hamkasblari tomonidan ular haqlarida iliq so‘zlar aytildi.
Isomiddin Pattaevichning fizika – matematik fanlariga bo‘lgan qiziqishlari otalaridan o‘tgan bo‘lib, ular ota kasbi davomchisi sifatida sohani chuqur o‘rganganlar.
Bolalikdan mehnatkash va bilimga chanqoq bo‘lib, maktabni oltin medal bilan bitirgan Isomiddin Pattaevich qiziqqan sohalari bo‘yicha rivojlanish maqsadida Toshkent davlat texnika institutiga uqishga kirib, ushbu oliygohni bitirdilar va u yerda pedagogika faoliyatini assistentlikdan boshlab, keyinchalik dotsentlik unvonini olishga erishdilar. 1992 yildan “Dielektriklar va yarim o‘tkazgichlar fizikasi” mavzusi bo‘yicha texnik fanlari nomzodligi bo‘yicha dissertatsiyani himoya qildilar.
2010-2016 y.y. davomida TATU “Televizion texnologiyalar” fakultetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlab kelganlar, keyinchalik ushbu fakultetning “Telestudiya tizimlari va ilovalari“ kafedrasi dotsenti sifatida ham pedagogik faoliyat olib borib, ko‘pgina sohaga oid adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar chop etib, turli ilmiy loyihalarni amalga oshirganlar.
Isomiddin Pattaevich nafaqat o‘z sohasining yuqori malakali mutaxassisi sifatida, balki insoniylik fazilartlari bilan ham hamkasblari va shogirdlari oldida hurmat qozongan inson bo‘lganlar.
Ustozlarimiz xotirasi qalbimizda abadiy!
TATU matbuot-xizmati