Urganch filiali talabasi bronza medalini qo'lga kiritdi.

  • Asosiy
  • Urganch filiali talabasi bronza medalini qo'lga kiritdi.

"Universiada" musobaqalarining kurash sport turi bo'yicha final bosqichi o'rinlarida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi bronza medalini qo'lga kiritdi.

✅2023-yil 23-27 mart kunlari Buxoro viloyatida "Universiada" musobaqasining kurash bo'yicha final o'yinlari bo'lib o'tdi. Musobaqada Xorazm viloyati jamoasi sharafini himoya qilgan TATU Urganch filiali (https://t.me/UBTUIT_official) talabasi Masharipova Xosiyat 87 kg vazn toifasida bronza medali sohibasi bo'ldi.

🎊Universitetimiz tomonidan talabamizni muborakbod etamiz va keyingi musobaqalarda barcha sportchi talabalarimizga omad tilab qolamiz!